Zamonaviy qutqaruv asbob-uskunalari bilan jihozlangan maxsus avtomobillar favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yongʻinlarni tezkor va samarali bartaraf etish hamda inson hayotini asrash imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

15:59 06 Aprel 2026 Jamiyat
195 0

Samarqand viloyatida favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda yongʻinlarni tezkor va kam talafotlar bilan bartaraf etish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, tizimning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan zamonaviy maxsus texnikalar berildi.

Xususan, Samarqand shahar va tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimlariga ajratilgan eng soʻnggi rusumdagi, zamonaviy qutqaruv asbob-uskunalari bilan jihozlangan “ISUZU” rusumli 5 dona yongʻin-qutqaruv avtomobillari hamda xizmat avtomobili tantanali ravishda topshirildi.

Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbir davomida mutasaddilar tomonidan yangi texnikalarning imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berilib, ularning samarali foydalanilishi boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Zamonaviy qutqaruv asbob-uskunalari bilan jihozlangan maxsus avtomobillar favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yongʻinlarni tezkor va samarali bartaraf etish hamda inson hayotini asrash imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер