Samarqanddagi novvoyxonada 277 mln soʻmlik gazdan noqonuniy foydalanildi
Samarqand shahrida oʻzboshimchalik bilan 277 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona fosh etildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Samarqand shahrida oʻtkazilgan nazorat tadbirida fuqaro N.L. ga qarashli novvoyxonada oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz taʼminoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, 277 million soʻmlik zarar yetkazilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring