Samarqanddagi mehmonxonalardan birida boʻgʻilib oʻldirilgan ayolning jasadi topildi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Samarqand shahridagi Temiryoʻl dehqon bozori oldidagi mehmonxonalarning birida qotillik roʻy berganligi toʻgʻrisida Samarqand viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Aniqlanishicha, Samarqand shahri “Nurli yoʻl” mahallasida joylashgan mehmonxonada 30 yoshli ayoning murdasi boʻyin sohasidan boʻgʻilgan holatda topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring