Samarqandda “Vatanparvarlik oyligi” doirasida tadbirlar tashkil etildi

11:29 27 Dekabr 2024 Jamiyat
235 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan “Vatanparvarlik oyligi” tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.

Samarqand garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti talaba yoshlarini Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga ona Vatanni sevish va uni ardoqlash muqaddas burch ekanini chuqur singdirish maqsadida “Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi xalqimiz faxri!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali oʻtkazildi.

Tadbirda milliy armiyamiz kuch-qudrati, unda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, olib borilayotgan islohotlar haqida yigʻilganlarga batafsil maʼlumot berildi.

Festival davomida faxriy qorovulning koʻrgazmali chiqishlari va qoʻl jangi aks etgan sahna koʻrinishlari yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, harbiylik kasbiga hurmat tuygʻularini yanada oshirdi.

Samarqand davlat tibbiyot universitetida harbiy-vatanparvarlik oyligi doirasida Markaziy harbiy okrug vakillari hamda isteʼfodagi faxriy harbiylar ishtirokida tadbir tashkil etildi.

“Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mazkur yoʻnalishda davlat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faolligini yanada oshirish, yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuygʻularini singdirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʻz yuritildi.

Shuningdek, keksa avlod vakillarining mehnat faoliyatidagi erishgan yutuqlaridagi ustozlar oʻrni, bugungi dorulomon kunlarga shukronalik keltirish, yosh avlod vakillarini kelajakda oʻz maqsadlariga olgʻa intilish kerakligi toʻgʻrisida nasihat berib oʻtdi.

Tadbirning keyingi qismida Markaziy harbiy okrug batalyoni harbiylari tomonidan taqdim etilgan chiqishlar, hamda qurol-aslahalar namoyishi yigʻilganlarda milliy armiyamizga nisbatan oʻzgacha faxr va vatanparvarlik tuygʻusini uygʻotdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер