Samarqandda tuman IIB xodimiga hujum qilib, mashinasini yoqib yuborgan shaxsga hukm oʻqildi
Samarqandda militsiyachi mashinasini yoqib yuborgan shaxs qoʻlga olindi.
Maʼlumotlarga koʻra, 1-iyul kuni soat 19:30 atrofida jamoat joyida mast holda janjal uyushtirgan fuqaro ustidan IIBga ariza kelib tushgan. Profilaktika inspektori uyiga borganida fuqaro xodimning qonuniy talabiga boʻysunmay, pichoqni koʻtarib, inspektorga uloqtirgan. Gʻazablangan erkak uy oldida turgan militsiyachining mashinasini ham yoqib yuborgan.
Kattaqoʻrgʻon tuman sudi ushbu shaxsni Jinoyat kodeksining 140 (haqorat), 173 (mulkni qasddan nobud qilish yoki shikastlash), 219 (hokimiyat vakiliga yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) va 277 (bezorilik) moddalari bilan 4 yil 8 oyga ozodlikdan mahrum qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring