Samarqandda sement-beton qoplamali yoʻllar koʻpaymoqda

11:47 26 Noyabr 2023 Jamiyat
365 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Joriy yilda Samarqand viloyatida yoʻl xoʻjaligi sohasida bir qancha bunyodkorlik ishlari olib borildi va bu ishlar bugungi kunda ham davom etmoqda.

Jumladan, birgina investitsiya dasturiga asosan 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan uzunligi 26,0 km. avtomobil yoʻllarida taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Toʻla taʼmirlash dasturiga koʻra, umumfoydalanuvdagi avtomobil yoʻllarida uzunligi 33,2 km. yoʻl qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda va yil yakuni bilan bu ishlar ham toʻliq bajariladi.

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 18-maydagi “Sement-beton qoplamali avtomobil yoʻllari tarmogʻini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash maqsadida ham Samarqand viloyat avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun jahon tajribasida sinalgan sement-beton qorishmasidan qilinayotgan yoʻllar anchagina kamxarj va uzoq muddat chidamliligi eʼtiborga olingan boʻlib, avtomobil yoʻllari sement-beton qoplamasi asosida taʼmirlanyapti.

Shu bois oxirgi yillarda viloyatda sement-beton qoplamali yoʻllar qurish koʻlami keskin oshdi. Ayniqsa, uzoq vaqt taʼmirtalab boʻlib qolgan ichki yoʻllarga sement-beton qoplamasi yotqizilayotgani aholiga ham ancha maʼqul kelmoqda. Mahalla va guzarlardagi yoʻllar tobora ravonlashib boryapti.

Joriy yilda shahar va qishloqlardagi mahallalar ichki yoʻllarida jami 1666,6 km. sement-beton, asfaltlash va shagʻallashtirish ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, Urgut tumanining Mengancha mahallasida bunyod etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massividagi ichki xoʻjalik yoʻllari aynan sement-beton qoplamasi asosida taʼmirlanmoqda.

Joriy yilda bu yerdagi aholi yashash maskanida 2 kilometr yoʻlga sement-beton qoplamasi yotqizish rejalashtirilgan. Amalga oshirilayotgan ishlar, “Samarqand mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.

“Sam NYU TICH” MCHJ quruvchilari tomonidan bugunga qadar 1 kilometrdan ortiq yoʻl taʼmirlandi. Innovatsiya asosda yoʻllarni taʼmirlashda, yoʻlni asos qismining sifatli tayyorlanganligi muhim ahamiyat kasb etishini yaxshi anglagan quruvchilar bu masalaga jiddiy ahamiyat berishyapti.

Yana bir gap, sement-beton qoplamali yoʻllarda yoʻlning oʻtkazuvchanlik quvvatiga qarab, bazalt sim-toʻrlardan xam foydalaniladi. Bu esa yoʻlning uzoq vaqt xizmat qilishini taʼminlaydi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер