Samarqandda oʻquvchini kaltaklagan direktor oʻrinbosariga “hayfsan” berildi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi maktablardan birida oʻqituvchi dars jarayonida oʻquvchini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat boʻyicha maxsus ishchi guruh oʻrganishlar olib borgan. Oʻrganishlar natijasiga koʻra, oʻquvchini 26-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari M.Sh. urgani aniqlangan. U 8- “A” sinfga 2-soatda tarbiya fanidan dars oʻtish jarayonida oʻquvchi X.A. bilan daftari yoʻqligi uchun ziddiyatga kirishgan.
Oʻqituvchi M.Sh. ushbu harakatlari bilan tegishli qonunlarni qoʻpol ravishda buzganligi uchun maktab direktorining tegishli buyrugʻiga asosan, unga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring