Samarqandda “Nexia” haydovchisi baland sirena ovozi bilan aholi tinchligini buzdi

01:01 22 Noyabr 2021 Jamiyat
1203 0

Samarqandda baland sirena ovozi bilan mahalliy aholi tinchligini buzgan “Nexia” haydovchisi qoʻlga olindi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, 20-noyabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 127-modda (Transport vositalarida ovoz, yorugʻlik va boshqa asboblarni oʻrnatish qoidalarini buzish) bilan huquqbuzarlik sodir etgan shaxs qoʻlga olingan.

Voqea viloyat IIB xodimlari tomonidan oʻrganilib, haydovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzilib, avtomashinasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер