Samarqandda “kar” haydovchini haqorat qilganlar qamaldi

15:01 07 Aprel 2026 Jamiyat
188 0

Videodan kadr

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda taksi yoʻlovchilari eshitish qobiliyati zaif boʻlgan haydovchini turli haqoratli soʻzlar bilan tahqirlagani aks etgan video keng tarqaldi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, videoda aks etgan holat oldindan rejalashtirilgan boʻlib, aslida ruldagi haydovchi kar-soqov boʻlmagan. Uch nafar shaxs oʻzaro kelishgan holda voqeani sahnalashtirib, uni videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan. Unda ishtirokchilardan biri oʻzini kar-soqov qilib koʻrsatgan, sodir boʻlayotgan holat esa “prank” sifatida tasvirga olingan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan mazkur shaxslarning shaxsi aniqlangan. Maʼlum boʻlishicha, haydovchi avtomobilni tegishli haydovchilik guvohnomasisiz boshqargan.

Sud qaroriga koʻra, transport vositasi haydovchisi maʼmuriy javobgarlikka tortilib, 8 sutka maʼmuriy qamoq jazosiga hukm qilingan. Provokatsion harakatlarda ishtirok etgan ikki nafar yoʻlovchi esa 10 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosini olgan.

Bundan tashqari, transport vositasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 135-moddasi 2-qismiga muvofiq jarima maydoniga joylashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер