Samarqandda fermer xoʻjaligi yer maydonini noqonuniy sotilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “H.” fermer xoʻjaligi rahbari L.X. va hisobchisi M.B. (muqaddam sudlangan) fuqaro Sh.J.ning ishonchiga kirib, unga 70 000 AQSH dollari evaziga fermer xoʻjaligining 3 gektar yer maydonini sotishlarini aytib, oldindan 35 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring