Samarqandda ehtiyotsiz sigaret chekish o‘limga sabab bo‘ldi

11:08 21 May 2018 Jamiyat
1846 0
Фото: Gagauzinfo.md

Samarqand viloyatining Jomboy tumanida 19 may kuni Cho‘qindi qishlog‘ida yashovchi A. Ya.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.

Manbada qayd qilinishicha, yong‘in kelib chiqishiga uy egasining tanishi, fuqaro M.B.ning mast holda sigaret chekib uxlab qolishi sabab bo‘lgani aniqlangan.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida uyning tomi, shifti va uy jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida A.Ya.ning tanishi, M.B.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер