Samarqandda Birinchi Prezident xotirasi yod etildi
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tugʻilgan kun.
1938-yil 30-yanvarda Samarqand shahrida tavallud topgan Islom Abdugʻaniyevich Karimov mustaqil Oʻzbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida mamlakatimiz nomini dunyoga tanitgan, uning taraqqiyoti yoʻlida fidoyilik koʻrsatib mehnat qilgan inson edi. U oʻzining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan xalqimiz qalbidan munosib oʻrin olgan.
Samarqandda Islom Karimov xotirasiga bagʻishlangan tadbirlar boʻlib oʻtdi.
Dastlab Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi viloyat faollari shahardagi Islom Karimov maqbara-majmuasini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat qilindi.
Shundan soʻng, Registon maydoni yaqinida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga oʻrnatilgan haykal poyiga viloyat va shahar hokimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan gullar qoʻyildi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring