Samarqandda ayanchli YTH sodir boʻldi
Foto: Samarqand viloyat YHXB
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasida “Nexia-1” haydovchisi halok boʻldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa joriy yilning 24-sentyabr kuni soat 16:30 larda yuz bergan. Haydovchi “Nexia-1” rusumli mashinani M-37 xalqaro avtomobil yoʻlining Oqdaryo tumani Dahbed MFY hududidan oʻtuvchi qismida Buxoro-Samarqand yoʻnalishida boshqarib ketayotib, yoʻl chetida toʻxtab turgan KOEGEL tirkamasining orqa qismidan kelib urgan.
Hodisa oqibatida “Nexia-1” haydovchisi ogʻir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring