Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi

11:02 18 Iyul 2024 Jamiyat
305 0

Foto: Samarqand viloyat IIB YHXB

Samarqand viloyatida avtobus yoʻlning belgilanmagan qismidan oʻtayotgan piyodani urib yubordi va oqibatda piyoda halok boʻldi. Bu haqda viloyat IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, voqea 13-iyul kuni soat 13:00 larda Kattaqoʻrgʻon tumani M.Ulugʻbek mahallasi hududidan oʻtuvchi 4R-48 “Zarafshon Trakt” avtomobil yoʻlining 94-kilometrida sodir boʻlgan. Haydovchi “Midibus SAZ NP 21” rusumli transport vositasida “Payshanba-Kattaqoʻrgʻon shahar” yoʻnalishida harakatlanib kelayotib, yoʻlning belgilanmagan qismidan oʻtayotgan piyodani urib yuborgan.

Oqibatda piyoda tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan va koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon tumani IIB Tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер