Samarqandda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi
Foto: Samarqand viloyat YHXB
Samarqand viloyatida sodir boʻlgan uchta mashina ishtirokidagi YTHda Damas pachoqlanib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa bugun, 1-avgust kuni soat 12:50 lar atrofida Samarqand tumani hududidan oʻtuvchi A-378 avtomobil yoʻlining 12-kilometrida sodir boʻlgan. Yoʻlning Qashqadaryo-Samarqand yoʻnalishida “Isuzu” rusumli yuk transport vositasi, “Damas” va “Hyundai Sonata” avtomobillari oʻzaro toʻqnashgan.
Oqibatda Damas haydovchisi va yoʻlovchisi hamda hodisadagi qolgan ishtirokchi avtoulov haydovchilari turli darajadagi tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. YTH oqibatida halok boʻlganlar yoʻq.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Samarqand tumani IIB tergov boʻlimi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring