Samarqandda 3 ta holatda energetika tizimiga 5,5 mlrd soʻm zarar yetkazildi
Foto: “Oʻzenergoinspeksiya”
Samarqand viloyatida 3 ta qoidabuzarlik natijasida energetika tizimiga 5,5 mlrd soʻmlik zarar yetkazilganligi aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Oʻzenergoinspeksiya” Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament boshqarmasi hamkorligida nazorat tadbirlari oʻtkazilgan. Unda 3 ta holatda elektr energiyasidan foydalanishda qoidabuzarlikka yoʻl qoʻyish holatlari aniqlangan.
Xususan, Toyloq tumanida joylashgan “S.Sh.O.” fermer xoʻjaligi foydalanilgan elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirilmay kelish natijasida taʼminot korxonasiga 4 mlrd 637 mln soʻm zarar yetkazilganligi maʼlum boʻlgan.
Bu kabi holat ushbu tumandagi “P.A.O.”MChJ (537,7 mln soʻm) “P.M.W.” MChJda (371,3 mln soʻm) tabaqalashtirilgan tarif boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirilmay kelgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring