Salvadorda ayol abort qildirgani uchun 30 yilga qamaldi
Foto: Depositphotos
Salvadorda sud abort qildirgan ayolni ogʻir sharoitda qotillik sodir etgan deb hisoblab, uni 30 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar bermoqda.
Ayol ikki yil avval davlat shifoxonasiga tibbiy yordam soʻrab, murojaat qilganida hibsga olingan.
Salvadorda abort mutlaqo taqiqlangan. Bunda ayol yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh yoki zoʻrlash natijasida homilador boʻlgan boʻlsada, shuningdek, ona va homilaning hayoti va sogʻligʻi xavf ostida qolgan holatlar ham istisno qilinmaydi.
“Abort jinoyat deb hisoblangan Lotin Amerikasi mamlakatlarida ayollar homilaning oʻlimi yoki tushishi shoshilinch akusherlik yordami natijasi ekanini va buning oldini olish imkoni boʻlmaganini isbotlashi majbur. Agar ayollar buni isbotlash uchun kuch yoki qobiliyatga ega boʻlmasalar yoki ular hokimiyat tomonidan toʻliq ishonchsizlikka duchor kelsalar qamoqqa olinishi mumkin”, deydi huquqshunos, Ayollar tengligi markazi ijrochi direktori Paula Avila-Gillen.
Huquq himoyachilariga koʻra, soʻnggi 20 yil ichida Salvadorda 180 nafardan ortiq ayol abort qildirgani uchun ozodlikdan mahrum etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring