“Salomatlik sayllari” aksiyasi davom etmoqda
Foto: Xalq so'zi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgani "Salomatlik sayllari" oyligi doirasida Boyovut tumani tibbiyot birlashmasining ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida tibbiy ko‘rik va sog‘lomlashtirish tadbiri tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rikda sog‘lig‘ida muammosi bor bolalar, ayollar va katta yoshli 1690 nafar kishi ishtirok etdi. Ular poytaxtdan kelgan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda viloyatdagi davolash profilaktika muassasalarining mutaxassislari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi, davolash- muolaja bo‘yicha tavsiya va maslahatlar olishdi.
Shuningdek, 12 nafar fuqaroning kasalligini yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari orqali davolash yuzasidan chora-tadbir belgilandi.
E’tiborlisi “Salomatlik sayllari” aksiyasi bevosita xonadonlarga ham kirib bormoqda. Ya’ni mahallabay va xonadonbay yurilib, xastaligi sabab to‘shakda yotib qolgan bemorlar ham o‘z uylarida ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.Xususan,tumannning Madaniyat va Gulbog‘ mahallalarida yashovchi ana shunday ahvoldagi ikki nafar bemor tibbiy ko‘rikdan o‘tazildi va davolash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Aksiya doirasida ayrim toifadagi xastaliklar aniqlangan bemorlarga shifokorlarning ko‘rsatmasi bilan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan ko‘zoynaklar, 12 turdagi dori-darmon vositalari bepul tarqatildi.
Ahmadali SHYeRNAZAROV, “Xalq so‘zi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring