Sayyohlar yer ostida qolib ketdi, bir kishi halok boʻldi

02:19 12 Oktyabr 2024 Dunyo
493 0

23 kishidan iborat sayyohlar guruhi Koloradodagi (AQSH) Molli Ketlin oltin koniga ekskursiya paytida yer ostida qolib ketdi. Bunga lift uskunasining nosozligi sabab boʻlgan.

Lift ichida 12 sayyoh, jumladan, ikki bola boʻlganida buzilib qolgan. Qutqaruvchilar liftdagi odamlarni zudlik bilan evakuatsiya qilishga muvaffaq boʻldi. Sayyohlar 304 metr chuqurlikda 10 daraja issiqda olti soat vaqt oʻtkazishga majbur boʻldi. Urinishlarga qaramay 1 kishi vafot etdi.

Teller okrugi sherifi Jeyson Maykselning soʻzlariga koʻra, konda oxirgi marta avariya 1986-yilda sodir boʻlgan. Keyin ikki kishi liftga qamalib qolgan. Ammo ularni qutqarib qolishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер