Rubio Eron bilan urush toʻrt haftagacha davom etishini maʼlum qildi

14:54 28 Mart 2026 Dunyo
465 0

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Fransiyada oʻtkazilgan G7 davlatlari tashqi siyosiy idoralari rahbarlarining yigʻilishida Eron bilan nizo yana ikki haftadan toʻrt haftagacha davom etishini maʼlum qildi. Bu haqda Axios portali xabar bermoqda.

Rubio hamkasblarini Qoʻshma Shtatlar Eron bilan toʻgʻridan-toʻgʻri “jiddiy muzokaralar” oʻtkazishga yaqin ekanligiga ishontirdi. Hozirda Vashington Tehron bilan faqat vositachilar orqali muloqot qilmoqda.

Shu bilan birga, AQSH Davlat kotibi muzokaralar sekin surʼatlar bilan ketayotganini qoʻshimcha qildi. Taʼkidlanishicha, vositachilar uchun Eron rasmiylari bilan muloqot qilish qiyin kechmoqda, chunki ular oʻz hayotlari uchun xavfsiramoqdalar.

Eslatib oʻtamiz, 2026-yil 28-fevral kuni AQSH va Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlagan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер