Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida 21 kishi metil spirtidan zaharlanib vafot etdi
Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida metil spirtidan zaharlanish qurbonlari soni 24 kishiga yetdi. Bu haqda prokuratura vakili sudda jurnalistlarga maʼlum qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“Shu kungacha qurbonlar soni 24 kishini tashkil qilmoqda”, - dedi prokuror.
Avvalroq 18 kishi halok boʻlgani haqida xabar berilgan edi. 7-14-oktabr kunlari Yekaterinburgning Chkalov tumanida bir necha kishi fuqarolarga metil spirti sotgan.
Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 238-moddasi 3-qismi (“Ehtiyotsizlik bilan ikki yoki undan ortiq odamning oʻlimiga olib kelgan va isteʼmolchilar hayoti va salomatligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlar va mahsulotlarni sotish”) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring