Rossiyaning Marseldagi bosh konsulligi yaqinida portlash yuz berdi
Foto: Reuters
Fransiya janubidagi Marsel shahridagi Rossiya bosh konsulligi yaqinida portlash yuz berdi. Bu haqda BFMTV telekanali xabar berdi.
Rossiya vakolatxonasi Marselning 8-okrugidagi Ambruaza Pare avenyusida joylashgan. Taʼkidlanishicha, portlash Moskva vaqti bilan taxminan soat 10 larda sodir boʻlgan. Qurbonlar, jumladan, bosh konsullik xodimlari orasida rossiyaliklar yoʻqligi qoʻshimcha qilingan.
Voqea joyida 30 ga yaqin oʻt oʻchiruvchi yetib kelgan va huquq-tartibot idoralari xodimlari yetib kelgan.
Shu yilning 28-yanvar kuni nomaʼlum shaxs Rossiyaning Stokgolmdagi elchixonasi hududiga mashina haydab kirmoqchi boʻldi. Taʼkidlanishicha, u Rossiya diplomatik vakolatxonasi hududiga buzib kira olmagan. Keyinroq bu ishni qilmoqchi boʻlgan shaxs asli ukrainalik ekani maʼlum qilingandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring