Rossiyada oʻzbekistonlik erkak balandlikdan yiqilib vafot etdi
Illyustrativ foto
Sankt-Peterburgning Nevskiy tumanida qurilish-montaj ishlari paytida oʻzbekistonlik quruvchi 10 metr balandlikdan qulab, halok boʻldi. Bu haqda “Neva Today” xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 21-iyun kuni soat 13:30 da sodir boʻlgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 36 yoshli oʻzbekistonlik ishchi montaj ishlari olib borilayotgan vaqtda 10 metr balandlikdan yiqilib tushgan. Oqibatda u olgan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.
“Politsiya hozirda mazkur holat boʻyicha qurilish yoki boshqa ishlarni bajarishda xavfsizlik qoidalarini buzganlik yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasini koʻrib chiqmoqda”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring