Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 707 ming kishidan oshdi

22:33 09 Iyul 2020 Dunyo
898 0

Foto: ТАСС

Rossiyada soʻnggi bir sutka ichida 6509 kishida koronavirus aniqlandi. Bir kun avvalgi koʻrsatkich 6562 kishini tashkil qilgandi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Pandemiya boshidan buyon Rossiyada koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni 707 301 kishiga yetdi. Bu koʻrsatkich bilan Rossiya dunyoda AQSH, Braziliya va Hindistondan keyin toʻrtinchi oʻrinni egallamoqda.

Soʻnggi bir sutkada eng koʻp kasallanish holatlari Moskva shahri (568 kishi), Sankt-Peterburg shahri (292 kishi), Sverdlov viloyati (276 kishi) va Xanti-Mansiysk avtonom okrugida (265 kishi) qayd etilgan.

Oʻtgan sutka ichida koronavirus tashxisi qoʻyilgan 176 nafar bemor vafot etgan. Rossiyada koronavirus tarqala boshlaganidan buyon 10 843 kishi COVID-19 qurboniga aylangan.

Mamlakatda bir kun ichida 8805 kishi kasallikdan tuzalgan, sogʻayganlarning umumiy soni esa 481 316 kishiga yetgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер