Rossiyada koronavirus infeksiyasini yuqtirgan Oʻzbekiston fuqarosi hayotdan koʻz yumdi
Foto: ria.ru
Rossiyaning Voronej shahrida koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan Oʻzbekiston fuqarosi vafot etdi.
“Voronej shahridagi kasalxonada 39 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi vafot etdi. Unda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan edi. U Rossiyada yashash huquqiga ega edi, yaqinda Moskvadan Voronejga qaytib kelgan. U uyida 10 kun kasal boʻlib yotgan va faqatgina 8-aprelda shifoxonaga murojaat qilgan. Soʻnggi ikki kun unga oʻpkani mexanik shamollatish apparati ulab qoʻyilgan edi”, deyiladi xabarda.
Bu Rossiyaning ushbu mintaqasida COVID-19 tufayli qayd etilgan toʻrtinchi oʻlim holati hisoblanadi. Viloyatda jami 89 ta koronavirus holati tasdiqlangan, 24 kishi tuzalib, shifoxonalardan chiqarilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring