Rossiyada koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat yaxshilanmoqda — Mixail Mishustin

17:51 15 Iyun 2020 Dunyo
1121 0

Foto: iz.ru

Rossiyada koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat asta-sekin yaxshilanmoqda, Moskva viloyatida esa ijobiy dinamika kuzatilmoqda. 

Bu haqda Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustinning soʻzlariga tayanib «RIA Novosti» xabar tarqatdi.

Hukumat rahbarining qoʻshimcha qilishicha, mamlakatda “COVID-19” ancha keyin paydo boʻlgan hududlar mavjud. Shu bois ularda koronavirus holatlari yuqori boʻlib qolmoqda.

Mixail Mishustin taʼkidlashicha, ushbu hududlarga sogʻliqni saqlash vazirligi tajribali mutaxassislardan iborat maxsus guruhlarni yubormoqda.

15-iyun holatiga koʻra, Rossiyada 537 210 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Kasallik tufayli 7 091 ta oʻlim holati qayd etilgan. Infeksiyani yuqtirgan 284 539 kishi davolangan.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin ham koronavirusni yuqtirib olib, davolanib chiqqan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер