Rossiya TIV rahbari Yevropa Ittifoqini ishonchsiz sherik deb atadi

22:46 31 May 2021 Dunyo
1128 0

Foto: Rossiya TIV

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevropa Ittifoqini ishonchsiz sherik deb atadi.

Tashqi ishlar vazirining taʼkidlashicha, Rossiyani SWIFT xalqaro toʻlov tizimidan uzish tahdidlari Yevropa hokimiyat organlarining Moskva bilan munosabatlarda ishonchsizligining yana bir dalilidir.

Avvalroq, Rossiya TIV iqtisodiy hamkorlik boshqarmasi boshligʻi Dmitriy Birichevskiy Rossiya tomoni allaqachon muqobil SWIFT tizimini yaratish ustida ish olib borayotganini aytgan edi. Uning aniqlik kiritishicha, hozircha Rossiyani oʻchirib qoʻyish haqida gap ketmayapti, ammo vaziyatning oldindan aytib boʻlmaydiganligini hisobga olib, bunga tayyorgarlik koʻrish juda zarur.

Aprel oyida Yevroparlament Ukraina bilan ziddiyat yuzaga kelganda Rossiyaga qarshi choralarni tartibga soluvchi rezolyutsiya qabul qildi. Hujjatda harbiy harakatlar boshlangan taqdirda, Yevropa Ittifoqi Rossiyadan neft va gaz importini toʻxtatish, mamlakatni SWIFTdan uzish kabilar koʻzda tutilgan.

SWIFT — bu banklar oʻrtasida maʼlumot uzatish va toʻlovlarni amalga oshiradigan xalqaro tizim. Unga 200 mamlakatda 11 mingdan ortiq yirik tashkilotlar ulangan. Rossiya tizimning eng faol ishtirokchilaridan biridir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер