Rossiya Gʻarb boshlagan iqtisodiy urushda gʻalaba qozonmoqda — “The Guardian”

19:54 02 Iyun 2022 Dunyo
967 0

Illyustrativ foto

Rossiya Gʻarb boshlagan iqtisodiy urushda gʻalaba qozonmoqda. Ushbu fikrlarni “The Guardian” gazetasining iqtisodchi muharriri Larri Elliot aytib oʻtdi.

Muallifning fikricha, Gʻarb Rossiyaga qarshi sanksiyalarni “eng yaxshi variant” deb hisoblangani uchun emas, balki “harakatsizlik yoki harbiy aralashuv”dan yaxshiroq boʻlgani uchun kiritgan. 

Ayni paytda, Elliotning taʼkidlashicha, Gʻarb Rossiyaga iqtisodiy urush eʼlon qilganidan beri uch oy oʻtdi, biroq u “rejaga muvofiq emas” va “haqiqatdan ham juda yomon” ketmoqda. Sanksiyalar teskari natija berdi: neft va gaz narxi oshib, Rossiyaning savdo balansini va Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya”ni moliyalashtirishni sezilarli darajada oshirdi.

Yevropa asta-sekin Rossiya energiya resurslarini isteʼmol qilishdan voz kechmoqda. Rossiya esa oʻz mahsulotlari uchun muqobil bozorlarni topishda qiynalmayapti, deb yozadi jurnalist. Xususan, aprel oyida Xitoyga neft va gaz eksporti yiliga 50 foizdan koʻproq oʻsgan.

Nashrining yozishicha, Buyuk Britaniyada yillik inflyatsiya 9 foizga yetgan va  bu soʻnggi 40 yildagi eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi. Benzin narxi ham rekord darajaga yetdi.

“Urush natijasida Gʻarb davlatlari iqtisodiyoti sekin yoki salbiy oʻsish va inflyatsiya oʻsishi davriga duch keldi. Ishsizlik ortib boradi. Boshqa Yevropa davlatlari ham xuddi shunday muammolarga duch kelmoqda. Ularning aksariyati Buyuk Britaniyadan koʻra Rossiya gaziga koʻproq qaram”, deya xulosa qilmoqda Elliott.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер