Rossiya YEOI mamlakatlariga don mahsulotlari va shakar eksportini taqiqladi
Foto: Reuters
Rossiya Federatsiyasi 2022-yil 31-avgustgacha don va shakar eksportini vaqtinchalik taqiqladi.
Iqtisodiy rivojlanish va integratsiya boʻyicha hukumat komissiyasining Bojxona tarif va tarifsiz tartibga solish, tashqi savdoda himoya choralari boʻyicha quyi qoʻmitasi Rossiyadan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOI) mamlakatlariga don mahsulotlarini eksport qilishni taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqda TASS Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, quyi qoʻmita Rossiyadan uchinchi davlatlarga oq shakar va shakarqamish xom-ashyosini eksport qilishni vaqtinchalik taqiqlash toʻgʻrisidagi qarorni ham maʼqullagan.
Don mahsulotlari eksportini taqiqlash joriy yilning 31-avgustigacha amal qiladi. Bu bugʻdoy, javdar, arpa, makkajoʻxori uchun tegishli. Shunga qaramay, Sanoat va savdo vazirligi tomonidan beriladigan eksport litsenziyalari boʻyicha yetkazib berishlar bundan mustasno ekani qayd etilgan.
Cheklov chorasining bir xil muddati shakar uchun ham joriy qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring