Rossiya 1-avgustdan xalqaro aviaqatnovlarni tiklaydi

16:46 24 Iyul 2020 Dunyo
1352 0

Rossiya 1-avgustdan xalqaro aviaqatnovlarni tiklaydi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Mixail Mishustin maʼlum qildi, deb yozadi Sputnik.

Xususan, shu paytdan boshlab Moskva, Sankt-Peterburg va Rostov-don shaharlaridan xorijga parvoz qilsa boʻladi.

Bosh vazirning oʻrinbosari Tatyana Golikovaning soʻzlariga koʻra, hozircha faqat uchta davlat — Buyuk Britaniya, Turkiya va Tanzaniyaga parvozlar qayta tiklanadi.

1-avgustdan Anqara va Istanbul, 10-avgustdan Turkiyaning kurort shaharlari — Antaliya, Bodrum va Dalaman bilan parvozlar tiklanadi. Rossiyaga kelish uchun koronavirus tahlili musbat natija boʻlmasligi kerak.

Ayni vaqtda Rossiya yana 30 ga yaqin mamlakat bilan parvozlarni tiklash boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер