Romitanda tumanlararo perinatal markaz ish boshladi
Foto: Xalq so‘zi
Buxoro viloyati Romitan tumanida kuni kecha yangi tumanlararo perinatal markaz foydalanishga topshirildi.
— Bunday markazga anchadan buyon ehtiyoj bor edi, — deydi romitanlik mehnat faxriysi Zuhra Qurbonova. — Chunki tumanimiz, xususan, Peshkuning olis qishloqlarida yashovchi tugʻruq yoshidagi ayollar zarurat tugʻilganida uzoq yoʻl bosib, viloyat markaziga borishar, bu ularni ortiqcha sarf-xarajatga, ancha-muncha tashvishga qoʻyardi. Endilikda ayollarimiz bunday muammoga duch kelishmaydigan boʻldi, tashvishlari yengillashdi.

Aytish joizki, yangi markaz Romitan va Peshkudan tashqari Buxoro tumani aholisiga ham qulaylik yaratdi. U bir paytning oʻzida 70 nafar tugʻruq yoshidagi ayollarga, homiladorlarga tibbiy xizmat koʻrsatadi. Eʼtiborlisi, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishga ixtisoslashgan markazda ishlovchi neonatolog, reanimatolog, akusher-genikologlar xorijning tajribali mutaxassislari koʻmagida oʻz malakalarini oshirishga muvaffaq boʻlishdi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring