Rishton tumanida oliy oʻquv yurtiga joylashtirishni vaʼda qilgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

17:54 04 Sentyabr 2023 Jamiyat
562 0

Rishton tumanida 2022-yilning iyun oyida Q.R. tanishi T.N. ismli ayol ishonchiga kirib, oʻqishini Qirgʻiziston Respublikasi, Osh viloyatida joylashgan Oliy taʼlim muassasasidan Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan Oliy oʻquv yurtlaridan biriga oʻzining tanishlari orqali oʻtkazib qoʻyishligini vaʼda qilib, 3.000 AQSH dollar pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер