Respublika boʻyicha 14 ta ilgʻor kasbiy mahorat texnikumga kunduzgi va dual taʼlim shakllari uchun qabul kvotasi tasdiqlandi
2026-2027 oʻquv yili uchun ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlarga (umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari negizida) kunduzgi va dual taʼlim shaklidagi qabul parametrlari tasdiqlandi. Bu haqida Taʼlim-nazorati Telegram-kanali xabar berdi.
Unga koʻra, mamlakatimiz boʻyicha 14 ta ilgʻor kasbiy mahorat texnikumga kunduzgi va dual taʼlim shakllari uchun qabul kvotasi tasdiqlandi.
Unga koʻra, 1 300 nafar 9-sinf bitiruvchisi davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi. Shundan, kunduzgi taʼlim shaklida — 1 220 ta, dual taʼlim shaklida esa 80 ta bitiruvchi qabul qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring