Rangli metall parchalari qabul qilishda yangi tartib joriy qilindi

13:21 09 Iyun 2018 Iqtisodiyot
5630 0

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 6 iyundagi “Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, rangli va qora metall parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, endilikda jismoniy shaxslardan rangli metal parchalari va chiqindilarini faqat “O‘zikkilamchiranglimetall” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qabul qilinadi. Buning uchun jamiyat tomonidan ikki oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek, tumanlar markazlarida maxsus qabul punktlari tashkil etiladi.

Aytish joizki, hujjatda jismoniy shaxslardan 84 turdagi rangli metall parchalari qabul qilishga ruxsat etilgan. Elektr texnikasi, sanoat, harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan qora va rangli metall parcha va chiqindilari, shuningdek, temir yo‘l, harakatdagi tarkiblar va aviatsiya transporti qismlarini sotib olish taqiqlanadi.

E’tiborlisi, to‘lov bozor asosida aniqlanadigan erkin narxlarda naqd shaklda amalga oshiriladi. 16 yoshga to‘lmagan shaxslardan esa metall parchalarini qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер