Quva anori Dubay, Seul, Pekin singari oʻnlab megapolis shaharlarga eksport qilinmoqda

11:38 19 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
2309 0

Quva anori xuddi Dashnobod anori singari butun dunyoda mashhur boʻlib, koʻplab foydali xususiyatlari tufayli keyingi yillarda jahon bozorida tobora xaridorgir boʻlib bormoqda.

2020-yilning oʻzida Quva tumanida qariyb 1000 gektar yerda yangi anorzorlar barpo etilib, viloyatda anor yetishtirish, saqlash, qayta ishlash, eksport qilish, ekoturizmni rivojlantirish borasida erishilayotgan yutuqlar salmogʻi yana-da koʻpayishiga erishildi. 25 gektar maydonda tomchilatib, 5 gektarda yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasi joriy etildi. “Quva anori” agrofirmasi qoshida mashhur anorchi Mashhura Sayfutdinova rahbarligida anorchilik maktabi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Shu yilning oʻtgan davrida Fargʻonadan 3 ming tonnadan ziyod anor Xitoy, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston va Qirgʻiziston kabi mamlakatlarga eksport qilindi.

B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер