Qurilish vazirligi bosh mutaxassisi 1500 dollar pora bilan ushlandi

10:46 01 Aprel 2026 Jamiyat
215 0

Foto: DXX

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bosh mutaxassisi 1,5 ming dollar pora olayotganida qoʻlga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, mazkur mansabdor shaxsning korrupsion harakati DXXning Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi hamda IIBB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fosh etildi. U Toshkent shahridagi koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi MCHJ rahbarining ishonchiga kirib, undan 1,5 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Qoʻlga olish jarayonida vazirlik xodimi qochishga uringan, biroq tezkor xodimlar tomonidan ushlab qolingan.

Aniqlanishicha, bosh mutaxassis Yunusobod tumanidagi 6 ta uyga xizmat koʻrsatishni bir MCHJdan ikkinchi MCHJga oʻtkazish haqidagi uy-joy mulkdorlari imzolagan dalolatnomalarni billing tizimining “Mening uyim” platformasidan roʻyxatdan oʻtkazib berish evaziga 2,2 ming dollar talab qilgan va bu ishlarni oʻzining mansabdor tanishlari orqali hal qilib berishni rejalashtirgan.

Qayd etilishicha, hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер