Qurbon hayiti kuni mashinadan tanasini chiqarib harakatlangan 16 yoshli qizga chora koʻrildi

18:39 17 Iyun 2024 Jamiyat
647 0

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishi katta tezlikda harakatlanib ketayotgan “Damas” rusumli avtomashina oynasidan tanasini chiqarib nooʻrin xatti-harakatlar qilgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon viloyati IIB JXX YHXB munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 16-iyun kuni soat 13:50 larda, Andijon tumani Boʻtaqora qishlogʻidan oʻtgan avtomobil yoʻlida 24 yoshli Sh.A. oʻzining “Damas” rusumli transport vositasida harakatlanib ketayotgan vaqtida, ushbu mashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan 2008-yilda tugʻilgan V.Z. transport vositasining salon qismidan tanasini chiqarib, ayol kishiga xos boʻlmagan nooʻrin xatti-harakatlar qilgan.

Manbaga koʻra, mazkur holat yuzasidan oʻtkazilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida qoidabuzar shaxslar aniqlanib, ularga qonun doirasida tegishli tartibda chora koʻrilgan va profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер