Qumqoʻrgʻonda ustozlarga alohida ehtirom koʻrsatildi

17:00 30 Sentyabr 2019 Jamiyat
2660 0

– Shogirdlar kun kelib, mehnatingizni qadrlab, ostonadan kirib kelsa, koʻksing togʻdek koʻtarilib, oʻtgan umring koʻz oldingdan birma bir oʻtar ekan. Bekorga yashamabman, ortimdan togʻdek shogirdlarim qoladi, degan taskin qalbingga huzur bagʻishlar ekan, – deydi faxriy ustoz Fayzi Mamatmurodov.

Ustozni jamiyat binosining binokori, ongu tafakkur muhandislari va maʼrifat bogʻining bogʻboniga oʻxshatishadi. Ilmu salohiyati ila mehr va sabr bilan yoshgina qalblarga ziyo sochgan muallimlar doimo qadrlangan. Ustozni ulugʻlash – milliy qadriyatlarimizdandir.

Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani hokimi Rahmatullo Gapparov ham tumandagi faxriy ustoz murabbiylar,jumladan, oʻzi tahsil olgan maʼrifatparvarlar xonadonida boʻlib, ularni ayyom bilan qutladi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Bayram shodiyonasi koʻtarinki kayfiyat bilan davom etdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda tuman hokimligi, xalq taʼlimi boʻlimi, jamoat tashkilotlari vakillari, koʻp yillar taʼlim sohasida xizmat koʻrsatgan faxriy ustozlar, fidoyi, oʻz sohasida ilgʻor yosh oʻqituvchilar, murabbiylar ishtirok etdi. Tuman hokimi yigʻilganlarni bayram bilan qutladi. Faoliyati davomida samarali mehnat qilayotgan, shogirdlarni tarbiyalab el koriga yaraydigan insonlar kamol topishiga oʻz hissasini qoʻshayotgan ustozlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Qumqoʻrgʻonda bayram tadbirlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер