QR-kod yordamida uylanish imkoniyati yaratiladi
Qozogʻistonda iyun oyi oxiriga kelib QR-kod yordamida uylanish imkoniyati yaratiladi. Bu haqda “Sputnik” manbasi xabar berdi.
Faqat buning uchun elektron raqamli imzo va kompyuterda maxsus dastur kerak boʻladi. Shundan soʻng QR-kodni mobil ilova orqali skanerdan oʻtkazib olishning oʻzi kifoya.
Gap shundaki, ushbu mamlakatdagi “Hukumat fuqarolar uchun” davlat korporatsiyasi tomonidan QR-kod orqali foydalanish imkoniyati yaratiladigan xizmatlar turlari koʻpaytirilmoqda.
Nikohni qayd etish, bola tugʻilganligini roʻyxatdan oʻtkazish, bolani bolalar bogʻchasiga navbatga qoʻyish, yuridik shaxs faoliyatini yoʻlga qoʻyish, soliq hisobotlari(250-shakl)ni qabul qilish shular jumlasidandir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring