Qozogʻistonda koronavirus yuqtirganlar soni 5,5 mingdan oshdi

09:22 14 May 2020 Dunyo
1174 0

Soʻnggi kun davomida Qozogʻistonda 154 kishi koronavirusni yuqtirgan, deb xabar berdi coronavirus2020.kz. ga tayanib.

Kecha kunlik oʻsish surʼati 2,8 foizni tashkil etdi. Hududlar boʻyicha: Aqtoʻbe viloyati — 8 (4,5%), Olmaota viloyati — 7 (3,8%), Atirau viloyati — 25 (5,8%), Sharqiy Qozogʻiston viloyati — 3 (5,8%), Jambil viloyati — 1 (0,5%), Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati — 6 (2.3%), Qaragʻandi viloyati — 4 (2,0%), Mangʻistau viloyati — 8 (6,2%), Pavlodar viloyati — 1 (0,6%), Turkiston viloyati — 6 (3,2%), Olmaota — 50 (3,1%), Nur-Sulton shahri — 30 (2,7%), Chimkent — 5 (2,0%).

14-may 09:00 holatiga koʻra, mamlakatda koronavirusga chalingan bemorlarning umumiy soni 5571 kishini tashkil qilmoqda. 2408 kishi sogʻaygan boʻlsa, 32 kishi koronavirusdan vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер