Qovurilgan kungaboqar urugʻlarining salomatlik uchun xavfi haqida maʼlumot berildi
Rossiyalik endokrinolog Tatyana Bocharova qovurilgan kungaboqar urugʻining xavfi haqida aytib oʻtdi. Shifokorning taʼkidlashicha, ular kanserogen moddalar manbai hisoblanadi.
Bundan tashqari, kungaboqar urugʻi juda yuqori kaloriyali mahsulot hisoblanadi. Masalan, yuz gramm urugʻlar tarkibida 550 kaloriya bor. Bu plitka shokoladga tengdir.
Ayni paytda, toʻliq oziq-ovqat sifatida qabul qilinmasligi tufayli vazn ortishiga hissa qoʻshadi.
Mutaxassisning qoʻshimcha qilishicha, koʻpchilik oʻylaganidek, kungaboqar urugʻlari tufayli koʻrichak (appenditsit) kelib chiqmaydi. Ammo oshqozon yarasi va gastrit bilan ogʻrigan odamlar muntazam ravishda isteʼmol qilsa, kasalliklar yana-da kuchayishi mumkin.
Shifokor kungaboqar urugʻini xom va oz miqdorda — kuniga 30 gramm isteʼmol qilishni tavsiya qildi. Uning tarkibida koʻplab V, A va Ye vitaminlari, shuningdek, yurak va asab tizimi uchun foydali boʻlgan magniy mavjud.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring