Qoraqalpog‘istonda muqaddam sudlangan shaxs o‘z akasining qotiliga aylandi

28 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida qotillik sodir etildi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd qilinishicha, tumanda yashovchi muqaddam sudlangan M.N. mast holda akasi muqaddam sudlangan J.N.ning uyida u bilan o‘zaro janjallashib, uni boshiga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada J.N. kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. M.N. ushlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring