Qoraqalpogʻistonning yana ikki tumanida bogʻchalar yopildi

18:48 16 Iyul 2025 Jamiyat
364 0

Illyustrativ foto

Avvalroq Qoraqalpogʻistonning Xoʻjayli tumanida jazirama issiq sabab bogʻchalar faoliyati vaqtincha toʻxtatilgani haqida xabar berilgandi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi respublikaning yana ikkita tumani — Taxiatosh va Qoraoʻzakda ham maktabgacha taʼlim tashkilotlari vaqtinchalik yopilganini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu chora-tadbirlar 16−18-iyul kunlari ob-havo haroratining keskin oshishi kutilayotgani sababli bolalarning sogʻligʻiga salbiy taʼsirlarning oldini olish maqsadida sanitariya qoidalari va meʼyorlari talablariga rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda.

17−19-iyul kunlari Oʻzbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelmoqda

“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, joriy yilning 17-iyulda Respublika shimolida, janubida va choʻl hududlarida, 18-20-iyulda hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 44-45 darajagacha koʻtariladi.

Respublika boʻyicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер