Qoraqalpogʻistonda mashina portlagan “zapravka”ning litsenziyasi bekor qilindi
Foto: “Oʻzenergoinspeksiya”
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi metan zapravkada 2-yanvar kuni mashinaga gaz toʻldirishda qoʻpol qoidabuzarlik sodir etilgani uchun u portlab ketgandi. “Oʻzenergoinspeksiya” ushbu shoxobcha faoliyati toʻxtatilganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur holat idora xodimlari tomonidan atroflicha oʻrganilib, tekshiruv natijalariga koʻra, shoxobchaga tegishli litsenziyani bekor qilish yuzasidan sudga ariza kiritilgan.
Iqtisodiy sudning 2026-yil 8-apreldagi qarori bilan “K.M.” MCHJ litsenziya talab va shartlarini qoʻpol ravishda buzgan deb topilib, jamiyatga tegishli litsenziyani bekor qilish belgilangan.
Eslatma: Siqilgan tabiiy yoki suyultirilgan uglevodorod gazda ishlashga moslashtirilganligi toʻgʻrisida tegishli ruxsat etuvchi hujjatlari mavjud boʻlmagan avtomobillarga gaz toʻldirish litsenziya talab va shartlarini qoʻpol ravishda buzish hisoblanadi va litsenziyaning bekor qilinishiga sabab boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring