Qoʻqonda maktablarni taʼmirlashda 133 mln soʻmdan koʻproq pulni qoʻshib yozgan pudratchilar aniqlandi

12:27 20 Yanvar 2020 Jamiyat
1109 0

Foto: Hasan Paydoyev, “Xalq soʻzi”.

Qoʻqon shahar xalq taʼlimi boʻlimi bilan “M.K. trans” qurilish tashkiloti oʻrtasida shahardagi 4 ta umumtaʼlim maktablarda issiqlik tizimi va binolarini joriy taʼmirlash boʻyicha qiymati 600,0 mln. soʻmlik pudrat shartnomasi tuzilgan.

Taqdim etilgan hujjatlar asosida shahar XTB tomonidan pudratchi hisob raqamiga jami 591,2 mln. soʻm pul mablagʻlari oʻtkazib berilgan.

Biroq, pudratchi tomonidan maktablarda bajarilgan qurilish ishlaridan 133,6 mln. soʻmlik ishlar qoʻshib yozilganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar prokuraturasi tomonidan JKning 167-moddasi 3-qismi, 228-moddasi 1 va 3-qismlar bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер