Qoʻqon pedagogika instituti yotoqxonasida boʻlgan voqea yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi munosabat bildirdi

09:16 06 Aprel 2023 Jamiyat
799 0

Xabar berilganidek, Qoʻqon davlat pedagogika instituti talaba qizlari shikoyatiga koʻra holat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan nazoratga olindi.

Vazirlik inson shaxsiy hayotiga oʻzboshimchalik bilan aralashish, shaxsiy maʼlumotlarni ochiqlashga urinish kabi xatti-harakatlarni qattiq qoralaydi, ushbu holatni talaba-qizlarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish deb baholaydi. Hech kim inson erki va shaxsiy hayotiga daxl qilishga haqi yoʻq, deb hisoblaydi.

Shu bois, bevosita jarayonda ishtirok etib, xizmat vazifasini suiisteʼmol qilgan 4 nafar masʼul xodim, jumladan, voqeada bevosita ishtirok etgan prorektor egallab turgan lavozimidan ozod etildi va bir nafar mutaxassisga intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.

Shu oʻrinda, voqea ishtirokchisi boʻlgan qizlarning tazyiqsiz taʼlim olishlari kafolatlanadi. Vazirlik tomonidan mazkur va boshqa taʼlim muassasalarida bu kabi voqealar qayta takrorlanmasligi uchun barcha choralar koʻriladi.

Oʻz navbatida, huquq-tartibot organlari tomonidan tekshiruv ishlari davom ettirilayotganini maʼlum qilamiz.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер