Qoʻyliq dehqon bozorida jinoyatchi qoʻlga olindi

20:42 28 Dekabr 2021 Jamiyat
1146 0

Qoʻyliq dehqon bozorida bir yil davomida sotuvchi ayoldan har kuni tovlamachilik yoʻli bilan pul undirib kelgan jinoyatchi qoʻlga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 13-noyabr kuni Bektemir tumanidagi Qoʻyliq bozori yonida savdo-sotiq bilan shugʻullanuvchi sotuvchi ayol huquq-tartibot idoralariga ariza bilan murojaat qilgan.

Maʼlum boʻlishicha, yil davomida u Mirobod tumanida yashovchi fuqarodan tovlamachilikka duchor boʻlgan, unga jismoniy zoʻravonlik bilan tahdid qilib, ayoldan kuniga 200 ming soʻmdan 700 ming soʻmgacha pul talab qilgan.

Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxs 1 million soʻm olayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan qoʻlga olindi.

Qayd etilishicha, erkak avvalroq 277-modda (Bezorilik) boʻyicha jinoyat sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, jinoyatchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер