Qiziqchi Obid Asomov ham rahbarlik lavozimiga tayinlandi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov «Multiplikatsion filmlar studiyasi» davlat unitar korxonasi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «O‘zbekkino» milliy agentligi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Qayd etib o‘tish joiz, «Multiplikatsion filmlar studiyasi» DUK O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi «Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ 3176-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi «O‘zbekkino» Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 1030-sonli qarorlariga asosan tashkil etilgan.
Obid Asomov so‘nggi vaqtlarda "Milliy TV" telekanali orqali efirga uzatib kelinayotgan "Kulish shart" shousida boshlovchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring