Qirgʻizistonning “Osh TV” teleradiokanali xodimlari Fargʻonada

15:09 29 Mart 2022 Jamiyat
821 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Fargʻona viloyatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan “Ruxsor” teleradiokanali oʻzining sevimli auditoriyasiga ega. Yaqinda teleradiokanalning ish sifati va salmogʻini oshirish, toʻgʻridan-toʻgʻri jonli efirlarni yoʻlga qoʻyish, auditoriyasini kengaytirish maqsadida xorijdan zamonaviy texnikalar, xususan, koʻchma telestudiya sotib olindi.

Qirgʻiziston Respublikasining “Osh TV” teleradiokanali bilan hamkorlik memorandumi imzolanishi “Ruxsor” televideniyesi koʻrsatuvlarini endilikda qoʻshni davlatda ham namoyish etish imkonini beradi.

Shu kunlarda “Osh TV” teleradiokanalining bir guruh vakillari “Ruxsor” da boʻlib, koʻrsatuvlar tayyorlash jarayoni, jonli efirga chiqish imkoniyatlari, ijodiy va texnik xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishmoqda.

— Ijodiy va texnik jamoaning Fargʻona viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yoritish, jonli efirlar, turli loyiha va dasturlarni amalga oshirish borasidagi yutuqlari eʼtiborga loyiq, — deydi “Osh TV” teleradiokanali direktori Akimbek uli Baratbek. – Fargʻonalik hamkasblarimiz bilan har oyda toʻrt marotaba yangiliklar dasturini almashish, oʻzaro mahorat darslari oʻtkazish, birgalikda ijtimoiy loyihalarni hayotga tatbiq etishga kelishib olindi.

Botir Madiyorov,

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер