Qirgʻiziston ham Oʻzbekistonning kovid sertifikatlarini tan oldi

15:57 10 Aprel 2022 Jamiyat
1116 0

Foto: Illustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati milliy darajada COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish borasida, shu jumladan, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirayotgan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni baholagan holda, tomonlar davlatlarining hududini COVID-19 infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishidan yuqori darajada himoya qilish yuzasidan koʻrilayotgan qatʼiy va keng koʻlamdagi chora-tadbirlar muhimligini taʼkidlab, quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:

Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq, vakolatli organlar tomonidan berilgan COVID-19ga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi rasmiy sertifikatlarni oʻzaro tan oladilar.

Ushbu kelishuv joriy yilning 26-martidan kuchga kirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер